• Umidaxon - Xo'p mayli

    Umidaxon

    Xo’p mayli

    Ataylab o’rilgan bu sochlar,
    Bezalgan yuzimni pardozlar,
    Oh, sehrli bu nozlar
    Bilasan, bilasan kim uchun.

    Ataylab o’taman ko’changdan,
    Ko’rinarmikan deb diydalar,
    Esingdami va’dalar,
    Bilasan, bilasan kim uchun.

    Mayli xo’p, sochim mani jingalak,
    Qalamli qoshim kamalak,
    Jonim, bu pardozim sen uchun.

    Mayli xo’p, gulli rang-barang
    Ro’mol, ko’ylagim qalay?
    Jonim, hamma nozim sen uchun.

    Kim uchun sho’x sozlar,
    Musiqiy parvozlar,
    Oromijon ovozlar,
    Bilasan, bilasan sen uchun.

    Ko’zlarimning nuri,
    Pok dilim sururi,
    Hayotimning mazmuni
    Sen ila, sen bilan, sen uchun.

    Mayli xo’p, sochim mani jingalak,
    Qalamli qoshim kamalak,
    Jonim, bu pardozim sen uchun.
    Mayli xo’p, gulli rang-barang
    Ro’mol, ko’ylagim qalay?
    Jonim, hamma nozim sen uchun. (x2)