Umidaxon – Yig'lamang

Umidaxon

Yig’lamang

Bu dunyo armonli,
Bu dunyo sinovli,
Kimnidir baxt qucharkan,
Kimnidir dard qucharkan.
Sabr qilsang bir kuni,
Barchasi o`tarkan.

Bu dunyo armonli,
Bu dunyo sinovli,
Kim yashar kulgu bilan,
Kim yashar qayg`u bilan.
Sabr qilsang bir kuni,
Barchasi o`tarkan,
Barchasiga yurak chidarkan.

Chin do`stingiz sizni sotsa yig`lamang,
Kimdir yolg`on tuhmat otsa yig`lamang.
Bu sinov, yuragingiz tirnamang,
Dunyoning sinovlari bu.

Omad sizni tashlab ketsa yig`lamang,
Yaqinlar ham g`iybat otsa yig`lamang.
Bu sinov, yuragingiz tirnamang,
Dunyoning sinovlari, yig`lamang.

Bu dunyo armonli,
Bu dunyo sinovli,
Hayot kimga omad berar,
Hayot kimga kulfat berar.
Umr yo`llarida bizni
Ming sinov kutarkan.

Bu dunyo armonli,
Bu dunyo sinovli,
Hayot kimni sinar ekan,
Hayot kimni siylar ekan.
Sabr qilsang, bir kuni
Barchasi o`tarkan,
Sinovlarga yurak chidarkan.

Bu sinovlar jonga botsa yig`lamang,
Boshingizdan omad ketsa yig`lamang.
Bu sinov, yuragingiz tirnamang,
Dunyoning sinovlari bu.

Omad sizni tashlab ketsa yig`lamang,
Yaqinlar ham g`iybat otsa yig`lamang.
Bu sinov, yuragingiz tirnamang,
Dunyoning sinovlari, yig`lamang.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yig’lamang
Xonanda:
Umidaxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 8, 2017