Umidaxon - Yo'limdan qoch

Umidaxon

Yo’limdan qoch

Yo`l to`smagin zinhor,
Nima qizig`i bor kimda ko`nglim bor?
Uncha-muncha beraverma e’tibor,
Xullas kalom, bari baribir bekor.

Bekorga undan-bundan yana-yana so`rama,
Mahoratingni ishga solib, bo`ldi o`rama.
Niyating o`zi asli neligini bilaman,
Bezor qilma, bo`ldi, yolvoraman.

Balki o`zga inson bordir ko`nglimda,
Behuda sarflamagin vaqtlaringni yonimda.
Seni sevib qolish kelmaydi qo`limdan,
Qolmagin yo`lingdan, yo`lingdan.

Yo`limdan bo`ldi qoch-qoch-qoch,
Ko`zlaring endi och-och-och-och-och.
Yo`limdan bo`ldi qoch-qoch-qoch,
Soxta mehringga emas bu yuragim muhtoj. (x2)

Sayr qilib yurganimda toza havoda,
Telegram, Instagram yoki Imoda,
Ko`cha-ko`yda, “o`tta-bo`tta”, hamma joyda
Kuzatib yurishlaring bu – bekor.

Nechta qizni kuzatasan, ayt bir kunda?
Xayoling bitta mendamas, unda-bunda.
To`g`ri tushungin, yo`qdir boshqa choram,
Bo`lmagin ovora, bo`lmagin ovora.

Yo`limdan bo`ldi qoch-qoch-qoch,
Ko`zlaring endi och-och-och-och-och.
Yo`limdan bo`ldi qoch-qoch-qoch,
Soxta mehringga emas bu yuragim muhtoj. (x2)

Ilinar deb gaplaringga o`ylama,
Takror-takror qo`llarimni bo`ldi-bo`ldi so`rama.

Yo`limdan bo`ldi qoch-qoch-qoch,
Ko`zlaring endi och-och-och-och-och.
Yo`limdan bo`ldi qoch-qoch-qoch,
Soxta mehringga emas bu yuragim muhtoj. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yo’limdan qoch
Xonanda:
Umidaxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 22, 2017