Ummon guruhi - Adolat

Ummon

Adolat

O’z-o’zimdan adashdim man bugun,
Qayga qaramay har taraf tugun.
Qayga qaramay sen tomon xayollar,
Bunchalar beshafqat tunlar.

Yorimning adolatidan,
Undan qolgan asoratidan,
Yurak judo haroratidan,
Afsus chekar har rohatidan. (x2)
Yorimning adolatidan…

Bo’lardik yonma-yon hamon,
Agarda so’zlaring bo’lmaganida yolg’on.
Men senga o’zimdan ko’proq ishonar edim, ishon,
Hamon kimgadir qiyin, kimgadir oson.

Kim bilan boshlandi, lek man bilan aniq tamom,
Aniq vaqt ko’rsatadi – kim yaxshi-yu kim yomon.
Osmon mayda-mayda tomchilar bilan tushunarmikin mani dardim,
Tushunmaganida yorim?

Qo’llaringga misoli gul uzatib,
Sovg’a qilib yubordim hayotim.
Bu mani xatoim, bu mani aybim,
Sani esa aybing yo’q, san oppoq.

Faqatgina bitta so’zingni esladim:
“Adolat ikkimizda ham” derding, bo’lsin adolat.
Yo’q yolg’on, faqat asorat, qara yuragimda bitmas jarohat.
Bu jarohatga yozilgan deb “sanga rahmat!”.

Yorimning adolatidan,
Undan qolgan asoratidan,
Yurak judo haroratidan,
Afsus chekar har rohatidan. (x2)
Yorimning adolatidan…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Adolat
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 21, 2015