• Ummon guruhi - Afsus yo'q

    Ummon

    Afsus yo’q

    Qaytarmikin bahor yana hayotimga
    Yoki faqat xazon yozilgan taqdirimga?
    To’larmikin ko’nglim to’lganda tunda oy,
    Yoki yarim ko’nglim bo’lgandek yarim oy?

    Endi yo’q, kuzni bahor qilayotgan ifor yo’q,
    Qayg’ularimni shodlikka aylantirguvchi yo’q,
    Yuragimda qoldi isming, ko’z oldimdan ketmas jisming,
    Lek yonimda o’zing afsus yo’q.

    Kuzni bahor qilayotgan ifor yo’q,
    Qayg’ularimni shodlikka aylantirguvchi yo’q,
    Yuragimda qoldi isming, ko’z oldimdan ketmas jisming,
    Lek yonimda o’zing afsus yo’q, afsus yo’q.

    Boqarmikin quyosh so’ngan gullarimga,
    Yo faqat muz bo’lib qotdi bir umrga?
    Tinglarmikin osmon mening ohlarimni,
    Yo qora bulut yopar, o’tkazmas dodlarimni?

    Endi yo’q, kuzni bahor qilayotgan ifor yo’q,
    Qayg’ularimni shodlikka aylantirguvchi yo’q,
    Yuragimda qoldi isming, ko’z oldimdan ketmas jisming,
    Lek yonimda o’zing afsus yo’q.

    Kuzni bahor qilayotgan ifor yo’q,
    Qayg’ularimni shodlikka aylantirguvchi yo’q,
    Yuragimda qoldi isming, ko’z oldimdan ketmas jisming,
    Lek yonimda o’zing afsus yo’q…