Ummon guruhi - Alvido

Ummon

Alvido

Alvido, sog’inchga yo’q davo.
Sabrga yo’q toqat, tomog’ingdan ovqat
O’tmay qo’yar ekan kelganda yolg’izlik.
Ketganda bevafo, yetmas ekan hatto havo.
Alvido!

Alvido, chaqirmaydi qo’ng’iroq,
Suhbat qurishga yo’q yaqin, yo’q yiroq.
Faqatgina xonam uzra sochilib yotadi suratlaring,
Va qarab turgan ko’zlaring.

Kechagi kun, hech qachon bo’lmas bugun,
Ertangi kun, hech qachon bo’lmas kecha.
Qachongacha sevding yuraging tubigacha?
Kechir mani, tegib ketgan bo’lsam joninggacha.

Daraxt edim, barglari to’kilayotgan,
Ketib ildizimdan tortding, nozik nuqtamni bilgan.
Qachonlardir gullab turar edik ikkimiz,
Hatto to’g’ri kelmasa ham.

Alvido, ko’zlari qoram, so’zlari donam,
Ketar bo’ldi bevafo.
Alvido, ko’zlari qoram, yetmadi nolam,
Ketar bo’lding bevafo.

Yuragimda sendan qolgan jarohat,
Sen bilan birga ketdi halovat,
Bir-birimizga yozmay qo’ydik tunlar xat. (x2)

Alvido-alvido-alvido…

Alvido, hali sog’inasan kelib bir kun,
Yorug’ kunlaringni yopganda qora tun.
Qo’llarimni sog’inganida qo’llaring,
O’shanda manga aytgan so’zlaringni eslagin.

Kichkina xato hech qachon bo’lmas katta,
Katta xato hech qachon bo’lmaydi kichkina.
Kimdir katta xatolarni kechiradi,
Kimdir kichkinasini ham kechirolmaydi.

Alvido, senga faqat tilayman omad,
Sen esa mening omadimdan kuyarding faqat.
Agarda mayda-chuyda narsalar bo’lsa sabab,
O’zga choram yo’q, tilashdan ortiq senga baxt.

Alvido, vaqt o’tib ketdi bir zumda,
Endi hech qachon kutmayman derazang tagida.
Oldin har kun kutardim, ko’ray deb ko’zlaring,
Bugun bilsam, menga hatto qolmabdi so’zlaring.

Alvido, ko’zlari qoram, so’zlari donam,
Ketar bo’ldi bevafo.
Alvido, ko’zlari qoram, yetmadi nolam,
Ketar bo’lding bevafo.

Yuragimda sendan qolgan jarohat,
Sen bilan birga ketdi halovat,
Bir-birimizga yozmay qo’ydik tunlar xat. (x2)
Alvido…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Alvido
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 4, 2014