• Ummon guruhi - Armon

    Ummon

    Armon

    Armonim san endi, yuragimdan seni
    O`chirib tashlashga majburman.
    Lek o`chmasang netay, kimga dardim aytay?
    Sevibmiz ikkimiz buni bilmay.

    Taqdir degan oliy hakam
    Qildi ikkimiz begona. (begona)
    Meni kechir, jonim,
    Qo`llarim yetmas yig`lama, afsusdaman.

    Qani meniki bo`lib qola olsayding,
    Tanho meniki bo`lib qola olsayding,
    Mendan baxtliroq inson bo`lmasdi,
    Balki ko`zlarim ortiq namlanmasdi. (x2)

    Bor quvonch yo`qoldi, o`rnini g`am bosdi,
    Sevgilim o`zgaga nasib etdi.
    Orzular armon bo`ldi, armonning ko`ngli to`ldi,
    Go`zal sevgimiz barbod bo`ldi.

    Sen ham achinarsan, men ham achinarman,
    Armonli dunyo, nachora chidaymiz.
    Yolvoraman deya, yonimda qol deya,
    O`tinib so`rayman, meni qiynama. (x2)

    Qani meniki bo`lib qola olsayding,
    Tanho meniki bo`lib qola olsayding,
    Mendan baxtliroq inson bo`lmasdi,
    Balki ko`zlarim ortiq namlanmasdi. (x2+x2)

    Qani meniki bo`lib qola olsayding…