Ummon guruhi - Aytgin menga

Ummon

Aytgin menga

Yuragim hasrati, ezadi qalbimni
Bu turfa tashvishlar.
Har kuni tirnaydi bag’rimni,
Dardimni yangilab hech uyqu bermaydi.
Negadir o’ylarim kuylarga sababchi bo’ladi,
Tun bo’yi bedorman.

Sog’inchim, g’ururim,
Bir biriga qarshi dushmanga o’xshaydi,
Ne qilay, shu tunda
O’zimni ne bilan ovutay, bilmayman.

Nega sen tark etding,
Ayt, senga nimalar yetmadi?
Menla paytingda kerak edi senga yana?

Ko’zim oldidan o’tib qiynar yana,
Shirin qiliqlar yana, bekor orzular yana.
Og’ir afsuslar yana, bergan mehrim ham yana,
Xor bo’lgan sevgim, yana nima yetmadi, aytgin?

Bag’rim tirnab yirtadi alam yana,
Shirin qiliqlar yana, bekor orzular yana.
Og’ir afsuslar yana, bergan mehrim ham yana,
Xor bo’lgan sevgim, yana nima yetmadi, aytgin?

Bo’ldi bas, kerakmas,
Gaplaring qalbimni o’pirdi, qiynama.
Qilma qasd, yuzimga aybimni solib,
Kamsitishing shart emas.
Ayb emas davlatim yo’qligi,
Nahotki insonlik qadri pulchami?

Sog’inchim, g’ururim,
Bir biriga qarshi dushmanga o’xshaydi,
Ne qilay, shu tunda
O’zimni ne bilan ovutay, bilmayman.

Nega sen tark etding,
Ayt, senga nimalar yetmadi?
Menla paytingda kerak edi senga yana?

Ko’zim oldidan o’tib qiynar yana,
Shirin qiliqlar yana, bekor orzular yana.
Og’ir afsuslar yana, bergan mehrim ham yana,
Xor bo’lgan sevgim, yana nima yetmadi, aytgin?

Bag’rim tirnab yirtadi alam yana,
Shirin qiliqlar yana, bekor orzular yana.
Og’ir afsuslar yana, bergan mehrim ham yana,
Xor bo’lgan sevgim, yana nima yetmadi, aytgin?

Sen aytgin menga…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aytgin menga
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 25, 2015