Ummon guruhi - Dardlar

Ummon

Dardlar

Tunlarim bedor, qayg`ular vafodor,
Xotiralar har dam qilur jonim abgor.
Dam-badam dilda alam,
Ko`zimga nam berur har dam,
Ne qilsa ham, hissiz sanam,
Men tomonga bir qo`ymas qadam.

Dardlar erta-kech tinch qo`ymaydi meni,
Bir bor kelib, holi jonim so`rasa edi.
Dardlarimga davoligini bilmaydimu yor?
Barchasini bilsa-da ul, qilmaydi parvo. (x2)

Dardlar ertayu kech tinch qo`ymaydi,
Yoki u bilmaydi, bilsa-da kelmaydi.
Maning shu holimni, yurak madorimni
Foizini bir qildi-qo`ydi, so`ginchim to`ydi.

Boray desam, g`urur yo`l qo`ymaydi,
O`zi ham chaqirib qo`ya qolmaydi.
Namuncha osmonlardan kelmaydi,
Maning jonajonim, yagonagina yorim?
(Faqat o`zini o`ylaydi)

Bevafo emasman, deya aldadi mani gado,
O`ziga savdoyi sayladi ul tanho,
Undan o`zgalar bo`lmadi.

Dardlar erta-kech tinch qo`ymaydi meni,
Bir bor kelib, holi jonim so`rasa edi.
Dardlarimga davoligini bilmaydimu yor?
Barchasini bilsa-da ul, qilmaydi parvo. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dardlar
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 11, 2016