Ummon guruhi - Do'st

Ummon

Do’st

Do’st, hayot bizni sinovga tashladi,
Kim do’st, kim dushman, ajratmadi.
Do’st, hayot ko’zlarimni yoshladi,
Rahm-shafqatsiz jazoladi.

Rizqini bo’lishgan, haqqimni yemagan,
Yonimda tik turgan do’st, do’st.
Onam betob bo’lsa, men kabi qayg’urgan,
Yonimda tik turgan do’st, aziz do’st.

Yonginamda yon bo’lgan,
Yoshligim birga o’tgan,
Yesa bo’lishib yegan do’st, do’st. (x2)

Oqibat qalbda yashasin albat,
Vaqt o’tib, do’stga do’st muhtoj bo’ladi albatta.
Yuztuban mol-dunyo, boylik quliga aylandimi,
Bir kun kelib, aniq qolar g’aflatda.

Avval o’yla, topiladi mayli pul, boylik,
Munosabat buzildimi, tiklash qiyindir do’stlik.
Axir do’stlik ila hayoting ham bo’lar mazmunli,
Haqiqiy do’stlar ko’p emas, bo’lar ekan sanoqli.

Og’ir kuningda yoningda bo’ladigan bu kim?
Soxta do’stlar esa baxona topib, turar jim.
Ba’zilar yoningda paydo bo’lar bo’lsa foyda,
Haqiqiylari tayyor turar har vaqt, har joyda.

Chin do’stlarim, sizlardan bir umrga minnatdorman,
Yaxshi-yomon kunlaringizda doimo men borman.
O’rtamizda mustahkam ishonch buzilmasa bas,
Haqiqiy do’stlik boylik bilan hech ham o’lchanmas.

Rizqini bo’lishgan, haqqimni yemagan,
Yonimda tik turgan do’st, do’st.
Onam betob bo’lsa, men kabi qayg’urgan,
Yonimda tik turgan do’st, aziz do’st.

Yonginamda yon bo’lgan,
Yoshligim birga o’tgan,
Yesa bo’lishib yegan do’st, do’st. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Do’st
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 8, 2015