Ummon guruhi - Erkam

Ummon

Erkam

Bahorning gullariday nafissan hamon,
Quyoshning nurlariday porlaysan har on.
Nozlaring o’z domiga meni chorlayverar,
Ko’zlaringga boqsam gar, hayot yorqinlashar.

Men seni sevaman,
Nima bo’lgan taqdirda ham.
Yuragimda yolg’iz sensan, erkam. (x2)

Ko’zlaring men uchun bebaho,
Osmondek musaffo ko’ngling.
Qanchalar xohlar edim, men bilan bo’lishing.

Yuragimning har bir zarbida sening isming,
Kechalari ko’z oldimdan ketmaydi husning.
Seni o’ylayverib charchamayman, hayotimsan o’zing.

Men sen uchun, sen men uchun
Yaralganmiz balki.
Ko’zlaringsiz, so’zlaringsiz
Yasholmayman balki. (x2)

Men seni sevaman,
Nima bo’lgan taqdirda ham.
Yuragimda yolg’iz sensan, erkam. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Erkam
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 28, 2015