Ummon guruhi - Eslab qol

Ummon

Eslab qol

Kechagina bir qizga sovg’a qilib yubordim
Yuragim parchasin, qilmayman inkor.
Undan qolgan azoblarga bugun o’zimman qorovul,
O’zimman hukmdor, qilmayman inkor.

Agarda o’tgan vaqt uchun achinmasang,
Men ham achinmayman zinhor, eslab qol,
Bo’lmagin umidvor, bo’lmayman umidvor.

Agarda yolg’onlarimizni qo’ysa taroziga,
Kimdadir og’irroq, kimdadir yengilroq,
Kimdir kimdirdan yiroq, o’chganida chiroq
Qorong’u ko’chalarda qoldi yurakdan parcha.

Esimda, devorlarga kesaklardan yozarding manga xat,
Qo’shuv va barobardan iborat,
Bu muhabbatdan dalolat,
Soat, ozgina vaqt va boshlanadi arosat.

Keldi qish sen bilan birga, keldi bahor sen bilan birga,
O’tdi yoz sen bilan birga, keldi kuz xazonlar birla.
Afsus, bo’lmaymiz yuzma-yuz, yoki yonma-yon,
Yog’ganida yomg’ir, bog’larda loylarning ustidan
Qo’l ushlashib o’tmaymiz narigi tomon, bo’l omon!

Kechagina bir qizga sovg’a qilib yubordim
Yuragim parchasin, qilmayman inkor.
Undan qolgan azoblarga bugun o’zimman qorovul,
O’zimman hukmdor, qilmayman inkor.

Agarda o’tgan vaqt uchun achinmasang,
Men ham achinmayman zinhor, eslab qol,
Bo’lmagin umidvor, bo’lmayman umidvor.

(Qorong’u ko’chalarda qoldi yurakdan parcha…)

Endi hech qachon birga bo’lmaymiz dengizlarning bo’yida,
Yo baland tog’larning qo’ynida, muhabbatning uyida,
Baland binolarning ustida, qo’l ushlashib yurmaymiz ko’chada.

Biz doim sevib kuylaydigan qo’shiq ham tamom,
Sen ketasan xayolingga kelgan tomon,
Faqatgina mening terimga tiqib somon,
Azizam bo’l omon!

Sen ketgan kundan beri yog’adi yomg’ir, ko’ngilga og’ir,
Qandaydir voqealar bo’ladi sodir,
Barchasi ertami kech tugaydi oxir,
Kimdir kimdirga tilaydi sabr.

Sen ketganing bilan hayot to’xtab qolmaydi,
Yurak qiynalmasdan unutolmaydi.
Afsuski, senga berib yubordim borimni,
Shuncha ichib qonimni, sezmading zorimni.

Kechagina bir qizga sovg’a qilib yubordim
Yuragim parchasin, qilmayman inkor.
Undan qolgan azoblarga bugun o’zimman qorovul,
O’zimman hukmdor, qilmayman inkor.

Agarda o’tgan vaqt uchun achinmasang,
Men ham achinmayman zinhor, eslab qol,
Bo’lmagin umidvor, bo’lmayman umidvor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Eslab qol
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 9, 2014