Ummon guruhi - Hayotimda yo'q

Ummon

Hayotimda yo’q

Nechta kun, shuncha tun,
Nega ketding, nega qaytding?
Ko’zingda yosh, balki bardosh
Berolmading yoki sog’inding.

Shuncha dard, shuncha g’am,
Qancha sog’insam, shuncha yiroqsan,
Oxir taslimman, yolg’iz qoldim man,
Qancha unutsam, shuncha yaqinsan.

Yana yuragimda qoldiku yara,
Sog’insang ham, qiynalsang ham qaytma.
Men seni kechirmayman hech qachon,
Bo’l omon!

Sen tushungin – yo’q,
Oldingiday hislarim yo’q,
Yurakdan o’chdi isming yo’q,
Senla halovatim yo’q.

Sen tushungin – yo’q,
Oldingiday hislarim yo’q,
Yurakdan o’chdi isming yo’q,
Sen mening hayotimda yo’q.

Shunchalar yuragimga to’ldimu ozor?
Men bilan bo’lganingda ancha baxtliroq,
Meni ham sog’indingmi, azizim biroq?
Axir sezilmadi na qora na oq,
Kim bilan hayoting edi shirinroq?

Men seni tunlari zor bo’lib kutdim,
Ichimga dardimni xor bo’lib yutdim.
Man sani so’ramagan qolmadi inson,
Shunchalar yuragimga ko’rdingmi oson?

Bekatlarda o’tirardim kechalar,
Xoru zor bo’lib kutib tongotar,
Balki keladi bugun, bugun, bugun,
Oradan o’tib nechta kunu tun.

Oxiri qaytmasligingni tushundim,
Kechalari uxlolmasdan kutdim,
Oxir bora-bora zorg’a unutdim,
Sen esa hech narsa bo’lmaganday kelding.

Yo’q, oldingiday hislarim yo’q,
Yurakdan o’chdi isming yo’q,
Senla halovatim yo’q.

Sen tushungin – yo’q,
Oldingiday hislarim yo’q,
Yurakdan o’chdi isming yo’q,
Sen mening hayotimda yo’q.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hayotimda yo’q
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 11, 2014