Ummon guruhi - Izlaringga

Ummon

Izlaringga

Tunlar uzun, mazmunsiz o`tdi sensiz tunlar,
Ular, seni o`z domiga tortib ketdi ular.
Kullar, uchib yurar sevgimizdan qolgan kullar,
Gullar, seni deb ekkandim bepoyon dala gullar.

Izlaringga qarab, izladim sabab ketganingga,
Kutdim tunlar qarab yo`llaringga,
Ekdim gullar yo`lakka, kelishingga,
Kutganim kelmaydi nega?
Izlaringni yuvib ketdi yomg`irlar kecha tuni,
Balkim qarayverganim uchun man.

Diydor ko`rish nasib etarmikan yana, dildor?
Bir bor sog`ingan ko`zlarimga, to`yib olay, bir boq.
Lek yor yozdi xat unutganin qilib izhor,
Xor bo`lgan tuyg`larim nega umidvor?

Izlaringga qarab, izladim sabab ketganingga,
Kutdim tunlar qarab yo`llaringga,
Ekdim gullar yo`lakka, kelishingga,
Kutganim kelmading nega?
Izlaringni yuvib ketdi yomg`irlar kecha tuni,
Balkim qarayverganim uchun man. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Izlaringga
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016