Ummon guruhi - Kechirgin

Ummon

Kechirgin

Bir o’zimman yana, yolg’izlik yana,
Ko’chada yomg’ir, uyda esa og’ir.
Kecha u uzatildi, kecha uni yo’qotdim,
Qo’limda suratlari, ustida ko’z yoshlarim.

Endi unga tunlar xatlar yozolmayman,
Kunduzi gullar bilan bezolmayman.
Uni yo’qotganimga ishonmayman, ishonmayman.
Yog’ayotgan yomg’ir uning ko’zyoshlaridir,
U qiynalmoqda, buni sezmoqdadir dil.
Uni yo’qotganimga ishonmayman, ishonmayman.

Sen meni kechirgin, yana ko’zlaringda yosh,
Yana men sababchiman, yuzingda yo’qdir quvonch.
Axir bilar edimku – yetmasdi qo’lim,
Seni yosh uzatishdi, yetmadi vaqtim.

Meni kechir, menimcha endi hech qachon
Esimdan chiqmasa kerak 67-avtobus.
Chunki unda sen har doim kelarding yonimga,
Va yana o’sha yashil avtobus olib ketardi seni uyingga.

Kecha esa uzun qora limuzunda oppoq kiyimda,
O’tirardi kimdir yoningda,
Seni yosh uzatishdi, 17 yoshingda.
Men seni sevaman, so’zlarimga ishon,
Hech bo’lmaganda 1 yil vaqt bo’lganida, ishon,
Seni dunyodagi eng baxtli qiz qilar edim,
Agarda bo’lganida yana ozgina imkon.

Baxtli kunlarim uchib ketdi yiroqqa,
Baxtsiz kunlarim meni tashlamoqda firoqqa.
Men seni har bir nafasimda sevaman,
Qanday yashaymiz bir-birimizdan yiroqda?

Endi unga tunlar xatlar yozolmayman,
Kunduzi gullar bilan bezolmayman.
Uni yo’qotganimga ishonmayman, ishonmayman.
Yog’ayotgan yomg’ir uning ko’zyoshlaridir,
U qiynalmoqda, buni sezmoqdadir dil.
Uni yo’qotganimga ishonmayman, ishonmayman.

Sen meni kechirgin, yana ko’zlaringda yosh,
Yana men sababchiman, yuzingda yo’qdir quvonch.
Axir bilar edimku – yetmasdi qo’lim,
Seni yosh uzatishdi, yetmadi vaqtim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kechirgin
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 10, 2014