• Ummon guruhi - Ko'ngil

    Ummon

    Ko’ngil

    Qiynaladi dil, sog’inib ko’ngil seni,
    Yolvordim deya, jonginam, qutqar meni.
    Yozdim minglab xat, bir dona javob kelmas,
    Bir so’zsiz ayon, men senga ortiq kerakmas.

    Qiynalar dil, og’rib ko’ngil,
    Qiynalmadi ham u, alam qilgani shu.
    Qiynalar dil, og’rib ko’ngil,
    Qiynalmadi ham u, alam qilgani shu.

    Qachonlardir bir birimizsiz ololmasdik nafas,
    Ishongim kelmas, endi man senga kerakmas.
    Atrofimni egallab oldi qandaydir ko’rinmas qafas,
    Shu qafas bermas olishga nafas.
    Yozdim minglab xatlar, bergin deb yordam,
    Kutdim minglab dardlarimga malham, kelmadi javob ham.

    Faqat sen va men deb o’ylardim shu kungacha,
    Ammo afsus, adashib yurgan ekanman bugungacha.
    O’tkazilgan shuncha yil, alam tirnab bag’rimni yirtmoqtadir,
    Yurak kechir, man uni sevardim jonimdan ortiq.
    Bugun esa ketdim bir chetda qolib,
    Yurak man adashdim, mani kechir,
    Oldinda sog’inchlardan battarrog’i kutmoqtadir.

    Qiynalar dil, og’rib ko’ngil,
    Qiynalmadi ham u, alam qilgani shu.
    Qiynalar dil, og’rib ko’ngil,
    Qiynalmadi ham u, alam qilgani shu.