• Ummon guruhi - Lekin baribir

    Ummon

    Lekin baribir

    Qo`y yig`lama, taqdir bizni qilmadi birga,
    Mani eslama, balki bo`lar yengilroq senga.
    Man esa faqat saning ortingdan ergashaman,
    Sani yo`qotgan kundan nobud bo`lganman.

    Yuragim sen bilan, tanim esa jonsiz,
    Xayolim faqat senda, lekin bular foydasiz.
    Tunlarim uyqusiz, kunlarim mazmunsiz,
    So`zlarim ma’nosiz, hayotim orzusiz.

    Jonim, sani yo`qotib, xayolimdan o`tadi,
    Yuragim kutadi, o`tgan go`zal kunlarni.
    Cheksiz orzu tunlarni, sani sevaman, jonim,
    Degan so`zlaring, yuragimni har tarafga parchalar.

    To`la osmon yulduzlar, nega bizga achinar?
    Axir bizga achinmas taqdir, yo`llarimiz boshqadir.
    Qizning ko`zidagi yosh, quvonch yoshimas axir,
    Lekin baribir…

    Lekin baribir sani sevaman, jonim,
    Maning muhabbatim, borim, maning beozorim,
    Maning beg`uborim.

    Sevgimiz bo`ldi armon, hayot biz uchun yolg`on,
    Yolg`onchi dunyo xazon, xayol esa san tomon.
    Bu yurak endi bejon, bo`lmasa-da bir imkon,
    Sani sevaman hamon.

    Tunlarim bedor o`tdi, aqlimdan ozib,
    Jonim, sani sog`inib, qo`ng`irog`ingni kutib.
    Axir sani sevaman ko`p yillar osha,
    Nega hamisha bo`lolmaymiz biz birga?

    Nega san tomonga talpinadi yuragim?
    Balki sani sevganim bu maning aybim.
    Axir sani sevaman ko`p yillar osha,
    Nega hamisha bo`lolmaymiz biz birga?

    Nega san tomonga talpinadi yuragim?
    Balki sani sevganim bu maning aybim.
    Xayolimni o`g`irlagan yor o`zingsan,
    Orzularga ishongan bedor o`zimman.

    Jonim, san manga berding imkon,
    Lekin bu imkonni uchirdi sovuq to`zon.
    Bu to`zon qildi mani xazon,
    Endi yuragim bejon, bo`lmasa-da bir imkon,
    Sani sevaman hamon.