• Ummon guruhi – Menga qarab

    Ummon

    Menga qarab

    Sen bir bor ko`rib men,
    Amin bo`ldim – o`g`ri ekansan sen.
    O`g`irlading halovatim,
    Tim qora ko`zli go`zalim.

    Uyqu yo`q kechalari,
    Tushlarimda ham sani
    Izlab, afsus topolmadim,
    Qaylardasan, jonim qani?

    Manga qarab kulishlaring,
    Kulib turib, ko`z suzishlaring,
    Aqlimdan oldi, esimda qoldi
    Jam-jamalak qora sochlaring.

    Manga qarab kulishlaring,
    Kulib turib, ko`z suzishlaring,
    Aqlimdan oldi, esimda qoldi,
    O-o-o-oppoq yuzlaring.

    Mani bu holimga so`zsiz sen aybdor,
    Yagona ko`zlar-ko`zlar betakror.
    Betakrorsan, qaydan topsam bo`ladi?
    Ber sado san, o`g`irlab ketaman, asalim.

    Qayda turishingni ham bilmayman,
    Aytgin, qanday sani topay man?
    Topa olmayapman sani, qaylardasan qani?
    Izlamagan yerim qolmadi sani.

    Uyqu yo`q kechalari,
    Tushlarimda ham sani
    Izlab, afsus topolmadim,
    Qaylardasan, jonim qani?

    Manga qarab kulishlaring,
    Kulib turib, ko`z suzishlaring,
    Aqlimdan oldi, esimda qoldi
    Jam-jamalak qora sochlaring.

    Manga qarab kulishlaring,
    Kulib turib, ko`z suzishlaring,
    Aqlimdan oldi, esimda qoldi,
    O-o-o-oppoq yuzlaring.

    Bo`yalmagan ko`zlari, ammo
    Baribir go`zallardan go`zalroq.
    Oppoq yuzidan lablari ajraladi,
    Bo`yalgandanda qizilroq.

    Qani endi bo`lganida qanotim,
    Yer yuzini izlab kelar edim yolg`iz o`zim.
    Yetganicha umrim, qancha ketsa ham vaqtim,
    Sani ko`zlaring aksida ko`rdim baxtim.

    Sen bir bor ko`rib men,
    Amin bo`ldim – o`g`ri ekansan sen.
    O`g`irlading halovatim,
    Tim qora ko`zli go`zalim.

    Manga qarab kulishlaring,
    Kulib turib, ko`z suzishlaring,
    Aqlimdan oldi, esimda qoldi
    Jam-jamalak qora sochlaring.

    Manga qarab kulishlaring,
    Kulib turib, ko`z suzishlaring,
    Aqlimdan oldi, esimda qoldi,
    O-o-o-oppoq yuzlaring.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.