• Ummon guruhi - Meni aldadi

    Ummon

    Meni aldadi

    Men seni boshqacha deb o`ylardim, o`zgacha,
    Lek sen ham ekansan oddiy, sen ham ekansan o`sha-o`sha.
    Aytgin, bunchalar arzon bizni bog`lab turgan rishtalar bahosi,
    Bunchalar ham yolg`on ko`zlaring qarosi?

    Sening so`zlaringda yo`q haqiqat,
    Men oxiri shunga bo`ldim iqror:
    Men senga hamma sirlarim yig`ib,
    Aytib bergan ekanman bekor.

    Bugun yolg`iz o`zim, dardlarimni
    Yomg`irlarga aytib ovunaman.
    Sen meni tashlab ketgan jarlikdan,
    Albatta, bir kun kelib qutulaman.

    Qaytib kelganda bahor,
    Erib ketganda so`nggi yog`gan qor,
    Bog`lar ichra takror,
    Ko`risholmaymiz diydor.

    Lablari meni aldadi,
    Tubsiz zulmatga tashladi,
    Oxir yolg`iz qoldirib,
    Hatto xayrlashmadi.

    Men seni boshqacha deb o`ylardim shu kungacha,
    Kuzatmasdim, tekshirmasdim, ishonardim o`tgan tungacha,
    Afsus shuncha yil adashib kelgan ekanman bugungacha.
    Shu kungacha men senga borimni berdim, azizam,
    Bir umr birga bo`lamiz, bo`lasan rafiqam,
    Deb o`ylardim, afsus adashdim, seni tanlab adashdim.

    Kimlar nimalar demadi sen haqingda,
    Men esa yoningni olib, bo`ldim yoningda.
    Kulgim kelmasa ham, kuldim kuldirganingda,
    Kuysang, besh battar kuydim yuragim tubida.

    Ortimizdan gapirganlar bo`ldi haq,
    U esa aldardi ko`zlarimga tik qarab.
    Uzun qizil tirnoqlari bilan yuragimga
    Ismin yozib ketdi atay, o`chmas qilib tirnab.

    Olisdagi baxtlilar yordam qo`lin beringlar,
    Baxtsizlikdan charchadim, meni olib ketinglar.
    Yolg`izgina Allohim, o`zingdirsan guvohim,
    Yolg`izlikdan charchadim, o`zing bo`lgin panohim.

    So`z demay ketgani xanjardan battar botdi
    Yuragimga, tuyg`ularimga.
    Malham bo`lib kelmadi o`zidan qolgan bitmas
    Yaralarimga, alamlarimga.

    Qaytib kelganda bahor,
    Erib ketganda so`nggi yog`gan qor,
    Bog`lar ichra takror,
    Ko`risholmaymiz diydor.

    Lablari meni aldadi,
    Tubsiz zulmatga tashladi,
    Oxir yolg`iz qoldirib,
    Hatto xayrlashmadi.