Ummon guruhi - Ming afsus

Ummon

Ming afsus

Sen unga ishonma zinhor,
Uning sevgan yori bor.
So’zlariga ilinmagin,
Yosh umringni qilib xor.

Seni sevaman deydi,
Sensiz hayot yo’q deydi.

Sen unga ishonma zinhor,
Qo’llaridagi gullar
Bu shunchaki yolg’on izhor,
Keladi o’nlab maktublar.

Seni sevaman deydi,
Sensiz hayot yo’q deydi.

Negadir so’zlarimga qilmadi u parvo,
Negadir u bilan yuribdi bog’lar aro.
Negadir qizning qo’llarida o’sha gullar,
Yuzida kulgular.

Ming afsus, berib bo’lding ko’ngil,
Ming afsus, yurakka sig’mas qil.
Ming afsus, berib bo’lding-ku dil,
Ming afsus, yurakka sig’mas qil.

Sen unga ishonding, afsus,
Bahor o’tib keldi kuz,
Ko’zlaringdagi bu yoshlar
Uni qaytarmas, afsus.

Uni sevaman deysan,
Usiz hayot yo’q deysan.

Ko’zlaringdan yo’qoldi nur,
Qani yuzingda kulgular?
Sabr tugadiku butkul,
Sanga u havodek zarur.

Uni sevaman deysan,
Usiz hayot yo’q deysan.

Negadir so’zlarimga qilmadi u parvo,
Negadir u bilan yuribdi bog’lar aro.
Negadir qizning qo’llarida o’sha gullar,
Yuzida kulgular.

Ming afsus, berib bo’lding ko’ngil,
Ming afsus, yurakka sig’mas qil.
Ming afsus, berib bo’lding-ku dil,
Ming afsus, yurakka sig’mas qil.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ming afsus
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 28, 2015