• Ummon guruhi - My Love qo'shiq matni, lyrics

    Ummon

    My Love

    Man sani sog`inganda kelmasliging rostmi?
    Kechalari tushlarimga kirishing bexosmi?
    Man sani, san mani sevamizku rostdan,
    Maktubimga javob keldi, bu emas bexosdan.

    Rostdan, yuragimni bora-bora tobora
    Urishi tezlashib boradi sani o`ylaganim sari.
    Ochiladi sevgi sahifalari,
    Oshadi muhabbatimning sifati.

    Mehringga zor etib, aqlimni kemirib,
    Yurarding kerilib,
    Endi esa meniki bo`ldi sevgisi. (x2)

    Bilaman sani deganlar juda ko`p,
    Bularni o`ylasam bo`laman betob.
    Sut kabi to`la mehringga ega bo`lgim keladi,
    Vujudingni domiga ummon bo`lgim keladi.

    San mani go`zalim, asalim, shakarim,
    Shu kungacha hech kimga tashlamay nazarim,
    Faqatgina sani deya yashadim.

    Xayolim o`g`irlading mani,
    O`zimga ham bo`ysunmadi.
    San tomonga shoshiladi,
    Vujudim parchalanadi.

    Labidan o`pgim keladi,
    Belidan quchgim keladi,
    Sog`ina yana begonalik bilan
    Jazolagim keladi.

    Yurish-turishlar balo,
    Aqlimdan qilar judo,
    Qomati allambalo,
    Atirlari bir ma’no. (x3)

    Xayolim o`girlading mani,
    O`zimga ham bo`ysunmadi,
    San tomonga shoshiladi,
    Vujudim parchalanadi.

    Labidan o`pgim keladi,
    Belidan quchgim keladi,
    Sog`ina yana begonalik bilan
    Jazolagim keladi.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.