• Ummon guruhi - Ne kerak

    Ummon

    Ne kerak

    Ne kerak, aytgin nega
    Begonadaysan menga.
    Huddi hech qachon tanimaganday
    Beparvosan sen menga. (x2)

    Kechagi kun, men uchun
    Sen Laylisan, men esa Majnun.
    Bugun esa yoningda
    Yolg’izlik suradi hukm.

    Mana man, mana san,
    Nega ko’zlaring uzilmas ko’zlarimdan?
    Kim u ayt, yoningda,
    Bunchalar beparvosan uning oldida?

    Ne kerak, aytgin nega
    Begonadaysan menga.
    Huddi hech qachon tanimaganday
    Beparvosan sen menga. (x2)

    O’ asalim,
    San ketib ko’paydi dardlarim.
    Daraxtman, to’kilar barglarim,
    Bunchalar beparvosan uning oldida? (x2)

    Ha vaqt o’tar,
    Daqiqalar orqasidan daqiqalar quvar.
    Ko’z oldimda o’sha kunlar, yuragim hanjar tig’lar,
    Nimtalar, qo’ling to’la tillalar, yeah.

    Mani hamma savollarimga javob,
    Manga kerakmas ortiqcha isbot.
    Manga kerak edi qop-qora ko’zlaring,
    Begona bo’ldi, qani shirin-shirin so’zlaring.

    Ne kerak, aytgin nega
    Begonadaysan menga.
    Huddi hech qachon tanimaganday
    Beparvosan sen menga. (x2)

    Qora ko’zlaringdan, shirin so’zlaringdan,
    Ayirding meni, begona etding, ketding, yey.
    Senda bu yurak, aytgin ne kerak?
    (Senda bu yurak, aytgin ne kerak)

    Ne kerak, aytgin nega
    Begonadaysan menga.
    Huddi hech qachon tanimaganday
    Beparvosan sen menga. (x2)

    Nega-nega… nega-nega… (x4)