Ummon guruhi - Netdi

Ummon

Netdi

Kecha eding yonimda,
Eng baxtiyor onimda, yodimda.
Bugun esa yomg`irda,
Qorlar kutar oldimda, yolg`izlikda.

So`rama dil “qachon u qaytadi?” deb,
So`rayvermagin “ozi u qaytadimi?” deb.
Yolg`onlar aytar “u baribir qaytar” deb,
Yolg`izlik aytar “u hech qachon qaytmas” deb.

U o`zga bilan netdi, netdi, netdi?
Yurak ezilib ketdi, ketdi, ketdi.
Armon yo`qladi faqat ketganingdan beri,
O`zgalar dunyosini tanlaganingdan beri.

Bugun ko`rdim olisdan,
Baxt tiladim xolisdan, ojizman.
Shirin nigohlari unga,
Achchiq alam qoldi menga, yolg`izman.

So`rama dil uni “kim bilan?” deb,
Sorayvermagin “bunchalar baxtiyor?” deb.
U topgan inson, mayli baxtini bersin,
Tez yo`qotganda sabr-u bardosh bersin.

U o`zga bilan netdi, netdi, netdi?
Yurak ezilib ketdi, ketdi, ketdi.
Armon yo`qladi faqat ketganingdan beri,
O`zgalar dunyosini tanlaganingdan beri.

U haqida xayollar nega meni azoblar?
U endi begona, qaytmaydi nachora.
U haqida xayollar nega meni azoblar?
U endi begona, begona, begona…

U o`zga bilan netdi, netdi, netdi?
Yurak ezilib ketdi, ketdi, ketdi.
Armon yo`qladi faqat ketganingdan beri,
O`zgalar dunyosini tanlaganingdan beri.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Netdi
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 11, 2017