• Ummon guruhi - Olislardan

    Ummon

    Olislardan

    Seni menga berishmadi,
    Baxtli bo`lsin deyishmadi,
    Eshigingni qattiq yopib,
    Yana kelgin deyishmadi.

    Yerga qarab qaytdim uyga,
    Orzularim yonib kulga
    Aylanganin tushunib yetib,
    Dardlarimni soldim kuyga.

    Olislardan qarab turadi,
    Qo`llarini cho`zib turadi,
    Lekin afsus borolmayman,
    Yo`llarimda to`siq turadi. (x2)

    To`yingga ham oz qolibdi,
    Oq o`ralib, non sinibdi.
    Singan – nonmas, mani qalbim,
    Nega yorim tortib olishdi?

    Ko`zlarida to`la yoshlar,
    Yig`latmanglar, bag`ri toshlar!
    Asrang mendayin gulimni,
    Kulib tursin ko`z-u qoshlar.

    Olislardan qarab turadi,
    Qo`llarini cho`zib turadi,
    Lekin afsus borolmayman,
    Yo`llarimda to`siq turadi. (x2)