Ummon guruhi - Ona

Ummon

Ona

Faryod urar bugun ona,
Eshitmaydi lekin bola.
Onaizor farzandidan
Najot kutar yana-yana.

Ona deydi farzandiga:
“Mehringga zor-intizorman.
Otang meni ko’p xo’rlagan,
Yolg’iz sendan umidvorman”.

Ona so’zda davom etarkan:

“Otang bergan azoblardan
Yonib-yonib kul bo’lardim,
Beshik quchib to’yib-to’yib,
Seni hidlab ovunardim”.

“Ko’zchalaring menga boqsa,
Dardim senga aytar edim.
Lekin bolam azobingdan
Bugun menga qilar alam”.

Ona faryod urarkan,
Bola yuzin burarkan.
Yordan ko’rmagan baxtin
Farzandidan kutarkan.

Ona tinmay hech bir pas
Umid qilar har nafas,
Lekin aslo bilmas ekan
Farzand degan u nokas.

Yig’lar ona tunlar bedor,
Orzulari bo’lib sarob.
Tun qo’ynida farzand beor
Qaytar uyga ichib sharob.

Ona deydi farzandiga:
“Sen emasmu menga oftob?
Muzlayabman bo’lib iqror,
Asli farzand nomi azob”.

Ona so’zda davom etarkan:

“Bir paytlar otang ursa,
Taskin bo’lgan sen borliging.
Murg’ak qalbing urib tursa,
Unut bo’lgan ul xorligim”.

“Bu olamda yolg’iz o’zim
Qolib ketdim hech kimsasiz,
Umidvorman hamon sendan,
Eh, toshbag’ir bolam, essiz”.

Ona faryod urarkan,
Bola yuzin burarkan.
Yordan ko’rmagan baxtin
Farzandidan kutarkan.

Ona tinmay hech bir pas
Umid qilar har nafas,
Lekin aslo bilmas ekan
Farzand degan u nokas.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ona
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 10, 2015