Ummon guruhi - Oq gulim qo'shiq matni, lyrics

Ummon

Oq gulim

Nega bugun, nega bugun
Bunchalar qiyin menga?
Nega bu tun, nega bu tun
Emas yurak butun?

Qora ko`zlar meniki edi,
Kimga qarar endi?
Endi bu tun mani umrim
Sog`inib o`tar seni.

Nega har tong, nega har tong
Uyg`otar meni armon?
Nahot har on, nahot har on
Bo`lmaymiz yonma-yon?

Tim qora, uzun sochlarin bugun
Bilmam kim erkalar.
Sog`inchim uzun, uzundan-uzun
Tinmay yurak mahzun.

Oq gulim, sog`inib ketdim,
Sensiz qorong`u – qiynalib ketdim.
So`nggi bor ber menga imkon,
Seni bir ko`ray, hidlaringga to`yay. (x2)

Hayotimning eng shirin onlari
Bunchalar tez, qaytmas bo`lib ketdi?
Hayotimning eng go`zal tonglari
O`z go`zalliklarin yo`qotdi.

Xayolimning eng nafis bog`lari
Xazonlarga aylanib qotdi.
Hayotimning eng qimmat insoni
Bunchalar kam baholadi sevgim mani?

Kechalari bedorman, uyqu yo`q,
Ko`chalar tuman, taskin yo`q.
Necha bora qildim qo`ng`iroq,
Hatto bir bor yozib yubormading javob.

Endi sani kimdan so`rab, qaydan izlay?
Ber sado, sani topay.
Usiz kechalar qanchalar qiyin o`tishini bilsa edi,
Balki mani hech qachon tashlab ketmas edi.

Nahot unutding sen meni?
Nahot ko`rmayman endi seni?
Sog`inch ichimdan ezaverar,
Nigohing qo`msayverar,
Sendan qoldi chuqur yod.

Har tong uyg`otar meni armon,
Har tong nafis shamol esar men tomon.
Hidlaring kelib turardi ulardan,
Sog`inch sinaydi irodam har tong.

Oq gulim, sog`inib ketdim,
Sensiz qorong`u – qiynalib ketdim.
So`nggi bor ber menga imkon,
Seni bir ko`ray, hidlaringga to`yay. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oq gulim
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 25, 2017