Ummon guruhi – Osmon

Ummon

Osmon

Osmon, oxiri yo`q yulduzlar,
Shu yulduzlarga qarab seni izlayman.
Bulutlar, yopmanglar ko`klarni,
Uni yulduzlardan so`rab, tunlar yig`layman.

Vaqt – davo derlar har bir dardga,
Nega davo bo`la olmayapti unda menga?
Menga vaqt o`tishi emas, menga u kerak,
U ketgan kundan beri vaqt ham to`xtab qolganday.

Yomg`ir buncha yog`masang ayt, kun bo`yi?
Gulim so`lib bo`ldi, unmaydi endi.
Uni sen ham, men ham endi qaytarolmaymiz,
Faqat bir chetda eslab yig`laymiz.

Qara, x`ol bo`lib yotar xazonlar,
Shu xazonlar tagida mani gulim yotar.
Kecha yam-yashil edi barglari,
Bugun sap-sariqdir ranglari.

Quyosh nur sochar edi isib turgan tanamga,
Undan ko`ra sochmasmidi muzlab yotgan qalbiga.
Hayotimga qo`shib baxtli lavhalar,
Shu kungacha ko`rar edik qancha shirin lahzalar.

Dengiz, uni bag`ringga oborolmadim,
Sani ko`rish orzusi edi, ko`rsatolmadim.
Endi hech qachon kechirolmayman o`zimni,
Bittagina orzusin amalga oshirolmadim.

Yarim oy, yarim bo`ldi ko`nglim meni,
Sen ertaga to`lasan, to`lmas bo`ldim endi.
Sendayin nur taralib turar edi yuzlaridan,
Sog`inib ketdim tutib yurishim qo`llaridan.

Yomg`ir buncha yog`masang ayt, kun bo`yi?
Gulim so`lib bo`ldi, unmaydi endi.
Uni sen ham, men ham endi qaytarolmaymiz,
Faqat bir chetda eslab yig`laymiz.
Qara, x`ol bo`lib yotar xazonlar,
Shu xazonlar tagida mani gulim yotar.
Kecha yam-yashil edi barglari,
Bugun sap-sariqdir ranglari. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art) va Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Osmon
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 5, 2017