• Ummon guruhi - Qanday ayt

    Ummon

    Qanday ayt

    Unutganim yo`q hali, yodimdasan,
    Tilimda yo`qsan-u, lek dilimdasan.
    Sen adashtirma mani, men sen emasman,
    Sendayin oson kecha olmasman.

    Mayli sog`inma mani, sog`inib ketdim,
    Tishimni tishimga qo`yib, indamay ketdim.
    Axir birinchim eding, qiyin bo`larkan…

    Kuylarimda yo`qsan, ancha bo`ldi,
    Sanga bo`lgan izhorlarim tugab bo`ldi.
    Sani xohladim qaytishing ortga,
    Afsus battar qildim borib yoningga.

    Yaradorman ko`kdagi qushday,
    Qulamoqdaman ishqilib yomon tushmay.
    Sendan yordam qo`ydim kutmay,
    Mani tushunarding ahvoling bo`lganida menday.

    Lekin sanda hammasi boshqacha,
    Yuragingga sig`adi kimsalar qancha.
    Yana qanchasiga ko`ngil berasan,
    Oxiri baribir ajralib ketasan.

    Meni esa hamon ko`nglim senda,
    Sevgimizni bir o`zim asrab yuribman-da.
    Keragi yo`q ortingga qaytma,
    Faqat qandayin ayt? Indamay turma!

    Qanday ayt,
    Kulib-yayrab yuribsan, menga ham o`rgat,
    Men seni deb yonib-kuyib yurgan payt.
    Indamay turma, axir bir so`z ayt. (x2)

    Ko`zlaringning aksida men bo`lay butun umr derding,
    Ko`zlarimning aksida sen ketgan yo`l qolib ketdi.
    Ko`zlaringning aksida men bo`lay butun umr derding,
    Ko`zlarimning aksida sen ketgan yo`l qolib ketdi.

    Unutganim yo`q hali, qalbimdasan,
    Balkim qalbimda emas, dardimdasan.
    Sen alishtirding meni aytgin kimlarga?
    Men alisha olmadim sani butun dunyoga.

    Chunki sanda hammasi boshqacha,
    Kechalaring o`tadi o`zgacha.
    Bu yurishingda qaygacha ham borasan,
    Oxiri baribir yolg`iz qolasan.

    Mening esa hamon ko`nglim senda,
    Sevgimizni bir o`zim asrab yuribman-da.
    Keragi yo`q, ortingga qaytma,
    Faqat qandayin ayt? Indamay turma!

    Qanday ayt,
    Kulib-yayrab yuribsan, menga ham o`rgat,
    Men seni deb yonib-kuyib yurgan payt.
    Indamay turma, axir bir so`z ayt. (x2)

    Bir so`z ayt…