Ummon guruhi - Qanday unutding

Ummon

Qanday unutding

Qaylardasan? Kimlar bilan?
Yomg’irlardan so’rayman seni.
Lekin netay, javob yo’q, yo’q, yo’q,
Netay, sevgilim mening yo’q, yo’q, yo’q?
Meni unutdi, lekin
Unutolmasdan qanday yashay?

Qanday unutding, nega jimsan, ayt?
Nega jimsan, ayt? Menga ham o’rgat!
Qanday unutding, nega jimsan, ayt?
Nega jimsan, ayt? Menga ham o’rgat!
Menga ham o’rgat!

Bilmas edim bir kun kelib,
Seni boylik olib ketar deb.
Unutilmas bu ko’zlaring,
Unutilmas qarashlaring,
Meni sog’inchlar qamrab oldi, uo-uo-o.

Qanday unutding, nega jimsan, ayt?
Nega jimsan, ayt? Menga ham o’rgat!
Qanday unutding, nega jimsan, ayt?
Nega jimsan, ayt? Menga ham o’rgat!
Menga ham o’rgat!

Kecha yomg’ir yog’di maydalab,
Esingdami, tanishgandik yomg’irlar bo’lib sabab.
Seni ilk bor ko’rganimda kiyimlaring xo’l edi,
Bilmadim, negadir kayfiyating yo’q edi.

Yoningga borib, soyabonimni berdim,
Ozgina bo’lsa ham, ko’nglingni ola bildim.
Hazil-huzullar bilan uyingga yetgan edik,
Iliq xayrlashib, uyimga ketgan edim.

Mani sevishga o’rgatding, ayt, netaman?
Hammasi yaxshi edi, lekin ketasan.
Aqlimga sig’mayapti sani yo’qotganim,
Aqlimga sig’mayapti qanday sensiz yashashim.

Qandayin, ayt, nahotki unutding,
Nahotki, oramizdagi aloqalarni uzding?
Nimalarga berilding, kimlar bilan ovunding?
Menga ham o’rgat, qanday qilib?

Qanday unutding, (qanday unutding)
Nega jimsan, ayt? (nega jimsan, ayt)
Nega jimsan, ayt? (nega jimsan, ayt)
Menga ham o’rgat! (x2)
Menga ham o’rgat!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qanday unutding
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 31, 2015