Ummon guruhi - Qiynama yuragimni

Ummon

Qiynama yuragimni

Ko`zlaring qarosi qiladi mani mast,
San mani jonim, jonim, janonam.
Bunchalar shirin qilasan san araz,
San mani yorim, yorim, yagonam.

Asta-asta jonimni olmagin,
Yuragimni ezmagin shubhalar ila.
Xasta-xasta qilmagin ko`nglimni,
Hayotim san o`zimni, bo`laylik payvasta.

Qiynama-qiynama yuragimni,
Bila turib menga keragingni.
Rashq qila, rashq qila ezaverma,
Bilasan faqat sani sevishimni. (x2)

Sochlari sumbul, yakka yagonam,
San mani novvotdan ham shirin yorim.
Sen bilan naqadar bilsang baxtliman,
Barcha gullardan nafis iforim.

U deya, bu deya asabimga tegmagin,
Rashq qilavermagin shubhalar ila.
San mani, man sani sevamizku rostdan,
Har tomonlama mossan, bo`laylik payvasta.

Qiynama-qiynama yuragimni,
Bila turib menga keragingni.
Rashq qila, rashq qila ezaverma,
Bilasan faqat sani sevishimni. (x2+x2)

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qiynama yuragimni
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 21, 2016