• Ummon guruhi - Qo'g'irchoq

    Ummon

    Qo’g’irchoq

    Ming, million qizlar ichida tanladim seni,
    Sen mening eng nafis gulimsan endi.
    Qop-qora, qora ko`zlaringni,
    Top-toza, toza sof mehringni,
    Ber menga ishonib qo`llaringni.

    Yur, olib ketaman,
    Dunyodagi eng baxtli qiz etaman,
    Yuragimdasan.

    Ber barmog`ingga uzuk taqayin,
    Bor mehringni mendan ayamagin.
    Bo`l yonimda, yiroqlab ketmagin,
    Hayotimsan.

    Qo`llarida ko`zmunchoq,
    Bamisoli qo`g`irchoq,
    Qilmayman ovunchoq,
    “Xo`p” de, bo`lamiz baxtli.

    Yuragimda bo`lasan,
    Butun umr, ko`rasan.
    Sanga qo`shiq aytib bersam,
    Manga o`ynab berasan.

    Yulduzlarga qarab,
    So`ragandim yonimda bo`lishing istab
    Uyg`onganimda yotsang manga qarab.

    Shirin-shirin orzularimga
    Erishay sen bilan birga,
    Yorim bo`l, “xo`p” de menga,
    Olib ketay.

    Bo`l yonimda, qalbimda,
    Yaxshi-yomon kunimda yonimda bo`lsang,
    Armon degani qolmas edi,
    Yurak o`t bo`lib yonmas edi,
    Bahorlar yana qaytar edi hayotimga.

    Qo`llarida ko`zmunchoq,
    Bamisoli qo`g`irchoq,
    Qilmayman ovunchoq,
    “Xo`p” de, bo`lamiz baxtli.

    Yuragimda bo`lasan,
    Butun umr, ko`rasan.
    Sanga qo`shiq aytib bersam,
    Manga o`ynab berasan.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.