• Ummon guruhi - Sen kechir

    Ummon

    Sen kechir

    Qanchalar xursand eding,
    Qanchalar kutgan edik birga bo`lishimizni.
    Qanchalar sevar edim,
    Qanchalar sevar edik bir-birimizni.

    Qo`lingga uzuk taqib,
    Sevaman deyolmadim, kechir.
    Oq ko`ylak olib berib,
    Senga umrim bag`ishlolmadim, kechir.

    Sen kechir,
    Men seni sog`indim, kechir.
    Lek endi ojizman, kechir,
    Men senga yeta olmadim.

    Sen kechir,
    Men seni sog`indim, kechir.
    Lek endi ojizman, kechir,
    Men seni olib qololmadim.

    Kun botdi va qorong`u
    Ishq ko`chalarida qoldim yolg`iz.
    So`zing tinglasam deyman,
    Soching silasam deyman, lek man ojiz.

    Orzuga yetolmadik,
    Armondan qocholmadik, afsus.
    Yechimni yecholmadik,
    Baxtimiz asrolmadik, afsus.

    Sen kechir,
    Men seni sog`indim, kechir.
    Lek endi ojizman, kechir,
    Men senga yeta olmadim.

    Sen kechir,
    Men seni sog`indim, kechir.
    Lek endi ojizman, kechir,
    Men seni olib qololmadim.