Ummon guruhi - Sen uchun

Ummon

Sen uchun

Kelgan eding hayotimga qo`shib ma’no,
Lek oxiri davo yo`q dardga qilding mubtalo.
Sen bilan ketdi hayotimga kelgan ma’no,
So`ngra olisdan sog`inch bera boshladi sado.

Sen uchun jonimni berdim,
Hayotimda borimni berdim.
Sen men uchun berding azob faqat,
Ko`zga yosh emas, dilga to`ldi dard.

Sen bilan o`tdi hayotimning eng shirin onlari,
Bugun esa sensiz, ulardan asar ham qolmadi.
Bu ma’yus ko`zlaringga ishonardim o`zimdan ko`proq,
Lek rostin bilsam, yuragingdan ekanman yiroq.

Sen uchun jonimni berdim,
Hayotimda borimni berdim.
Sen men uchun berding azob faqat,
Ko`zga yosh emas, dilga to`ldi dard.

Bedor tunlar, sog`inch ezar,
O`ylayverib qalbim qiynalar.
Bo`ldi tamom, bari yolg`on,
So`zlaringdan bo`ldi ayon.

Xazonlarga ko`mding
Orzularga to`la bahorimni,
Armonlarga ko`mding
Eshitmading-ku zorimni.

Sen uchun jonimni berdim,
Hayotimda borimni berdim.
Sen men uchun berding azob faqat,
Ko`zga yosh emas, dilga to`ldi dard. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen uchun
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 25, 2015