Ummon guruhi - Sevmasang sevma

Ummon

Sevmasang sevma

Aytgan so’zlaring yolg’on,
O’zi bor edi gumon.
So’ramagin holimni,
Ayanchli faryodimni.

Tursam ko’z oldimdasan,
Yotsam tushlarimda ham,
Faqat seni ko’raman,
Axir chindan sevganman.

Lek bekor kutganim,
Ishonib yurganim.
Sen meni ishontirgansan
Yolg’on sevgingga.

Sevmasang sevma, ertaga kelma,
Ko’zlaring yoshlab, yuraging g’ashlab.
Endi kerakmas, qilmagin araz,
Endi sevgimiz olmaydi nafas.

Ko’ngilga sig’mas sani nozlaring,
Shirin so’zlaring, qora ko’zlaring.
Kerakmas menga sunbul sochlaring,
Ishongan ekanman yolg’onga.

Ishonchli ko’zlaringda
O’tida to’la yolg’on,
Ishonchli so’zlaringda
Bor edi mingta gumon.

Senga kerakmasdir baxt,
Senga kerak boylik-taxt.
O’sha qurigan daraxt
Suvga zor edi faqat.

Lek bekor kutganim,
Ishonib yurganim.
Sen meni ishontirgansan
Yolg’on sevgingga.

Sevmasang sevma, ertaga kelma,
Ko’zlaring yoshlab, yuraging g’ashlab.
Endi kerakmas, qilmagin araz,
Endi sevgimiz olmaydi nafas.

Ko’ngilga sig’mas sani nozlaring,
Shirin so’zlaring, qora ko’zlaring.
Kerakmas menga sunbul sochlaring,
Ishongan ekanman yolg’onga.

(Sevmasang sevma, ertaga kelma,
Ko’zlaring yoshlab, yuraging g’ashlab.
Endi kerakmas, qilmagin araz,
Endi sevgimiz olmaydi nafas.

Ko’ngilga sig’mas sani nozlaring,
Shirin so’zlaring, qora ko’zlaring.
Kerakmas menga sunbul sochlaring,
Ishongan ekanman yolg’onga.)

Sevmasang sevma, ertaga kelma,
Ko’zlaring yoshlab, yuraging g’ashlab.
Endi kerakmas, qilmagin araz,
Endi sevgimiz olmaydi nafas.

Ko’ngilga sig’mas sani nozlaring,
Shirin so’zlaring, qora ko’zlaring.
Kerakmas menga sunbul sochlaring,
Ishongan ekanman yolg’onga.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevmasang sevma
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 29, 2015