• Ummon guruhi - Shoshilma

    Ummon

    Shoshilma

    Shoshilma, ozgina vaqt ber,
    Shoshilma, hali hammasi oldinda.
    Shoshilma, hali bo`ladi yaxshiroq undanda,
    Sabr qil, hali hayotimiz oldinda.

    So`rama, yo`q endi yuragimdagi u harorat,
    Shoshila-shoshila ketding duru-gavharga qarab.
    Yo`q. (x2)

    Men sen uchun intilmoqdaman, ko`zlaring och,
    Sabr qil, sendan menga kerak faqat ishonch.
    Sen menga hech qachon ishonmagansan, ko`zlari qaro,
    Sen meni hech qachon qo`llamagansan, ko`zlari shahlo.

    So`rama, yo`q endi yuragimdagi u harorat,
    Shoshila-shoshila ketding duru-gavharga qarab.
    Yo`q. (x2)

    Yurak yig`lar, alam qilar ba`zan,
    Men sen uchun hech kim emas, bilsam.

    Shoshilma… Shoshilma…

    Shoshilma, ozgina vaqt ber,
    Shoshilma, hali hammasi oldinda.