• Ummon guruhi - Sog'ina

    Ummon

    Sog’ina

    Kunlar o`tgan sari so`lib borar edim,
    Qaytishingga ishonib, she’rlar bitar edim.
    She’rlarimda ikkimiz eng baxtlilarmiz,
    Hayotdagi eng go`zal taqdirlarmiz.

    Afsus, bular oddiy qog`ozga bitilgan she’rlar,
    Hayotda eslamaganiga bo`ldi anchalar.
    Qanchalar sog`inganimni bilsa edi,
    Qay ahvolga solib ketganin ko`rsa edi.

    Kuta-kuta she’rlarim suvlarga atab yubordim,
    Bir kun keladi degan umiddan tondim.
    Oxiri ishondim qaytmasligingga,
    Jonim, inondim yolg`onlaringga.

    Alvido, ko`zimda yosh, bag`ritosh,
    Sen eding baxtimni yoritib turgan quyosh.
    Oramizdagi ishonch qayda qoldi?
    Tunlar dil sog`inib, o`tda yondi.

    Sog`ina, sog`ina, sog`ina,
    Osmonlarga qaradim ovuna.
    Yulduzlar menga taskin beradi,
    Unutarman og`rina, og`rina.

    Og`rina, og`rina, og`rina,
    Osmonlarga qaradim ovuna.
    Yulduzlar menga taskin beradi,
    Unutarman sog`ina, sog`ina.

    Alvido, bo`ldi tamom, ko`ngil ishon,
    Endi u qaytmaydi hech qachon.
    Tugadi sevgi sahifasi, qalbimning rishtasi,
    Mani tark etdi yuragim farishtasi.

    Sanga ishonar edim, jonim,
    Ishonchimning ustida izlaring, janonim.
    Qaysi qilgan aybim uchun o`girding yuz,
    San bilan suhbat qurgim kelgan edi yuzma-yuz.

    Surating bilan sirlashib yotar edim afsus,
    Savollarim bejavob qolaverar edi.
    Kunlar o`tgani sayin u mani unutar edi,
    Yurak sezar edi – bari bo`ldi tamom.

    Har tong uyg`onganimda sog`inch azobidan to`kilaman,
    O`sha menman – sariq xazon osmon.
    Jondan ortiq sog`inganimni kimga aytay?
    Atrofimda do`stdan ko`ra dushman talay.
    Go`yo u ham menga dushmanday…

    Sog`ina, sog`ina, sog`ina,
    Osmonlarga qaradim ovuna.
    Yulduzlar menga taskin beradi,
    Unutarman og`rina, og`rina.

    Og`rina, og`rina, og`rina,
    Osmonlarga qaradim ovuna.
    Yulduzlar menga taskin beradi,
    Unutarman sog`ina, sog`ina.