Ummon guruhi - Telba

Ummon

Telba

Yana ozgina og’ridi yurak,
Yana ozgina kutib tursam kerak.
Bugun shu yo’ldan o’tdi nechta sevishgan,
Men tongda kutgan kelmadi kechga ham.

Yana ozgina ko’zga keldi yosh,
So’zlaringga ham qolmabdi ishonch.
Yurak yurakmi sog’inmasa unda?
Men seni sevaman, lek sen buni bilma.

Keldi kuz, lekin u kelmadi na kun na tun,
Ketmoqdaman uyga bo’lib mahzun,
So’nmoqdadir oxirgi uchqun.
Mana u yana, yana o’zim o’zimga sig’mayapman,
Yana tun bo’yi uxlay olmayman
Va erta tongdan uni izlayman.

Sen ham meni esla (esla),
Sen ham meni o’yla (o’yla),
Holim ne kechmoqda deb
Men telbani yo’qla (yo’qla).
Bir kun kelar deya,
Eski uying oldida
Kutmoqdaman har kun,
Balki kelar deb bugun. (x2)

Esimda o’sha oxirgi kun
Va sani so’nggi so’zlaring.
San deding “Ertaga tongda keling”,
“Biz ko’chib ketmoqdamiz boshqa uyga”.
Uchrashuv belgilandi ertangi kunga.
O’tdi tun, otdi tong
Va ertalabdan ketmoqdaman sani uying tomon
Va yetib keldim manzilga.
Nega hech kim yo’q uyda?
Qo’shnilar deydi “Kecha ko’chib ketishdi ular tunda”.
O’sha kun kechgacha kutdim sani
Bilmadim nechigacha,
Balki kelar u ertaga
Deya qaytib ketdim ortimga.
Ertasiga yana shu hol,
O’sha kundan beri tunlarim bedor.
Yetishmayapti yurakka iliqlik,
Yetishmayapti sandagi ifor.
Yurak yurakni sog’inmasa unda,
Man sani sevaman, lekin san buni bilma.

Ko’zlarimdan oqayotgan
Har bir tomchi yoshimdan
Seni izladim takror.
Sharqdan esayotgan shamol
Olib ket meni uzoq,
Bo’lgim keladi ozod.
Ko’zlarimdan oqayotgan
Har bir sog’inch yoshimdan
Seni izladim takror.
Sharqdan esayotgan shamol
Olib ket meni uzoq,
Bo’lgim keladi ozod.

Sen ham meni esla (esla),
Sen ham meni o’yla (o’yla),
Holim ne kechmoqda deb
Men telbani yo’qla (yo’qla).
Bir kun kelar deya,
Eski uying oldida
Kutmoqdaman har kun,
Balki kelar deb bugun. (x2)
Balki kelar deb bugun yoki ertaga.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Telba
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 28, 2014