Ummon guruhi - Tola

Ummon

Tola

Yuzta toladan qoldi bir tola,
Qolgani bo’ldi kul yona-yona.
Tushunmoqdamisan, yana qoldi oz?
So’zlarimga etibor ber biroz.

Qoldi so’nggi tola,
Bizni bog’lab turgan tola.
Deyarli to’ldi sabr,
Qara, ko’ngillar jar yoqasida.

Qoldi so’nggi tola,
Bizni bog’lab turgan tola.
Deyarli to’ldi sabr,
Qara, turibmiz jar yoqasida.

Yuzta qadamdan qoldi bir qadam,
Qadamlar ortida to’la alam.
Alamlar ustida sening izing,
Ishonchimning ustidan bosib kelding.

Oxir baribir uzilib ketdi so’nggi tola,
Nahotki, yuragingga yetib bormadi ichimdagi nola?
Qosh ko’zlari qora, yuragimdagi yagona,
Sabr to’ldi yolvora.

Borgan sari ko’payib ketdi, sendagi bu yurishlar,
Hayotingga yana qo’shilib ketdi kimlar?
Gar kun kelib sog’insang,
Sen meni emas, men senga aytgan so’zlarimni esla,

Qoldi so’nggi tola,
Bizni bog’lab turgan tola.
Deyarli to’ldi sabr,
Qara, ko’ngillar jar yoqasida.

Qoldi so’nggi tola,
Bizni bog’lab turgan tola.
Deyarli to’ldi sabr,
Qara, turibmiz jar yoqasida.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tola
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 4, 2015