Ummon guruhi - Tundan kun ketdi

Ummon

Tundan kun ketdi

Dardlarimni men bu tun
Aytolmasman hech kimga,
Sen bilasan yolg’iz tun,
Dardim ayon o’zingga.

Ikkimiz ham ayrildik –
Sendan kun, mendan yor…
Ikkimiz ham ayrildik –
Sendan kun, mendan yor ketdi.

Nechun bizni ayirdi taqdir,
Ne uchun kun bilan do’st inson?
Tun esa yolg’iz qolib ketdi –
Mendan yor, undan kun ketdi.

Mendan yor, sendan kun ketdi,
Bizdan butkul.
Qilmaydi hech kim parvo,
Yolg’izmiz, ey Xudo. (x2)

Qachonlardir birga edi kechayu kun,
Qachonlardir birga edik, bitta butun.
Bir-birimizni sevardik jonimizdan ustun,
Ayrildi kundan tun, ayrildik bitta butun.

Nechun dardi borlar faqat tunda yig’lar,
Nechun baxti yorlar faqat kunda uchrashar?
Balki kundan tun emas, tundan kun kechganligi uchun
Har bir insonning dardini tun anglay olar.

Yig’lama tun, oradan 10 yil o’tar,
Sen ko’rasan sevgiling – kunu tun tutashar.
Lek men esa hech qachon ko’ra olmayman uni,
Sen yo’qotganday kunni, yo’qotdim men ham uni.

U mendan kechib ketdi, men undan kecholmasman,
Yig’laganimda kuldi, yig’lasa kulolmasman.
Netay unutolmasman, dardimiz bir, bedormiz bir umr.

Nechun bizni ayirdi taqdir,
Ne uchun kun bilan do’st inson?
Tun esa yolg’iz qolib ketdi –
Mendan yor, undan kun ketdi.

Mendan yor, sendan kun ketdi,
Bizdan butkul.
Qilmaydi hech kim parvo,
Yolg’izmiz, ey Xudo. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tundan kun ketdi
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 25, 2015