Ummon guruhi - Tush

Ummon

Tush

Kecha bir tush koribman,
Tushimdan sen ekansan,
Ustingda oppoq libosda,
Yoningda men emasman.

Kuzatardim ko`zimda yosh,
Rozi bo`lsang, nadir iloj?
Ko`zlarim uzolmasdim,
Hech ham ishonolmasdim.

Uyg`onib ketdim qo`rquvdan,
Uyg`onib ketdim azobdan,
Yo`qotgim kelmas seni,
Yo`qotib bo`lgan sevgimni.

Avval tushimda, so`ngra esa o`ngimda shu hol,
Oppoq libosda naqadarsan beg`ubor.
Qani endi shu libos kabi oppoq bo`lsa kongling,
Balki meni armonlarga yig`latib, ko`mib ketmasding.

Eh, qani yonimda bo`lsang,
Bu yuragim qon, ko`rsang,
Sensiz hayot yo`q bilsang,
Anglayolmading. (x2)

Yolvoraman tushimga kir,
Faqatgina meniki bo`lib.
Axir shundoq ham ketding,
O`ngimda mendan kechib.

Va’dangga qilmay vafo,
Vafoga bo`lib jafo,
Gul vaslingdan ayirding,
Meni o`zingdan ayirding.

Avval tushimda, so`ngra esa o`ngimda shu hol,
Oppoq libosda naqadarsan beg`ubor.
Qani endi shu libos kabi oppoq bo`lsa kongling,
Balki meni armonlarga yig`latib, ko`mib ketmasding.

Rozi bo`lmasding, rozi bo`lmasding,
Rozi bo`lmasding o`zgalarning qo`yniga. (x2)

Qani yonimda bo`lsang,
Bu yuragim qon, ko`rsang,
Sensiz hayot yo`q bilsang,
Anglayolmading.

Eh, qani yonimda bo`lsang,
Bu yuragim qon, ko`rsang,
Sensiz hayot yo`q bilsang,
Anglayolmading. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tush
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2015