• Ummon guruhi - Tushlarimga kel

    Ummon

    Tushlarimga kel

    Tushlarimga kel, yana qaytadan boshlay,
    San bilan o`tgan kunlarimni boshidan boshlay.
    Kel, bo`lamiz birga, yana oldingiday,
    Agar shunday bo`lsa, mayli uyg`onmay.

    Mastona bo`lib yashash tegdi jonga,
    Kim berar yordam qo`lini menga?
    Ko`z, shabnam to`kma sog`inganda uni,
    Tunda xira ko`rinadi kelganda tushlarimga.

    Tushlarimga kel, olisdan bo`lsa ham ko`ray,
    Sani sog`indim, deb kel, husningga tuyib-tuyib qolay.
    O`ngimda esa meni unutgansan bilaman,
    Bo`l yonimda bir kun, evaziga jonimni beraman!

    O`ngimda bo`lmasa tushlarimda birga bo`l,
    Oldimda bo`lmasa ongimda birga bo`l.
    Qalban bo`laylik birga, unib kel yana yonimga,
    Ko`z oldimda bo`lmasang, ko`z ortimda birga bo`l.

    San bilan baxtli edim, yonimda o`tirarding,
    Har xil taqinchoqlar yasab, manga ko`rsatarding.
    Yoqardi ishlaring, asabga tegishlaring,
    Sani hech kimga alishmasdim, alishib ketding.

    Tun qorong`u, yolg`izlik,
    Shiftga qarab o`ylab yotaman,
    Qiynayverar sensizlik.
    Sensizlikka qarshi bormikan giyoh?
    Yoki sandagi nigoh mani
    Hamma savollarimga izoh?

    Bedor tunlar sensiz o`tardi,
    Mayin savol ko`nglim ezardi.
    Sen kimnidir erkalaganda
    Maning ko`nglim, afsus, sezardi.

    Seni tunlari o`ylab uxlayman,
    Tushlarimda kutib yashayman.
    Agar bir bor kelsang yonimga,
    Bag`rim to`lib, yashnayman.

    O`ngimda bo`lmasa tushlarimda birga bo`l,
    Oldimda bo`lmasa ongimda birga bo`l.
    Qalban bo`laylik birga, unib kel yana yonimga,
    Ko`z oldimda bo`lmasang, ko`z ortimda birga bo`l.