• Ummon guruhi - Voz kechding

    Ummon

    Voz kechding

    U bilan ham bu bilan,
    Yuraging hamma bilan.
    Nega meni eslasang,
    Yurak ezilar birdan?

    Balki hayotingdagi
    Birinchi insondirman,
    Oxirgi bo’lolmadim,
    Bunga sabab o’zingsan.

    Esimda o’sha oqshom,
    Yurak ezilar yomon,
    O’zimga joy topolmay,
    To’kildim bo’lib xazon.

    Qanchalar kerak eding,
    Qanchalar aziz eding,
    Hammasi o’tib ketdi,
    Nega san qaytib kelding?

    Ne istaydi yuraging,
    Agar meni sevmasa?
    Ne istaydi ko’zlaring,
    Meni ko’rgisi kelmasa?
    Esimdaku so’zlaring,
    “Meni tinch qo’y” deganding.
    Nega ketding yuraging
    Mendan voz kecholmasa? (x2)

    Voz kecholmasa, voz kecholmasa…

    Ne istaydi yuraging
    Agarda meni sevmasa?
    Agarda meni demasa,
    Hatto ko’rgisi ham kelmasa.

    Hammasiga qo’ymoqdasan yana nuqta,
    Men esa bir chetdan kuzataman,
    Yolg’onlaringga bo’lib iqror.
    Yana shu yil birinchi bora yog’ganida qor,
    Sen kelasan va birinchi muhabbatingligimni
    Aytasan menga takror-takror.

    Kechir, mani aybim – sani yuragingga birinchi bo’lib kirganim,
    Kechir, mani aybim – san o’zgalar bilan ketganing.
    Kechir, mani aybim – manga yana qaytib kelganing,
    Kechir, sani aybing – mandan voz kechib ketolmading.

    Ne istaydi yuraging,
    Agar meni sevmasa?
    Ne istaydi ko’zlaring,
    Meni ko’rgisi kelmasa?
    Esimdaku so’zlaring,
    “Meni tinch qo’y” deganding.
    Nega ketding yuraging
    Mendan voz kecholmasa? (x2)

    Ne istaydi yuraging,
    Agar meni sevmasa? (voz kecholmasa)
    Ne istaydi ko’zlaring,
    Meni ko’rgisi kelmasa? (voz kecholmasa)
    Esimdaku so’zlaring,
    “Meni tinch qo’ygin” deganding.
    Nega yana ayt, qaytib kelding?
    Qaytib kelding…