Ummon guruhi - Xazon

Ummon

Xazon

Yolg’izlik qiynama,
Men yolg’iz va hech kimsa
Bir holimni so’ramas,
Dardimga parvo qilmas.

Ko’zlarim yig’lama,
Yoshligim, achinma,
Endi ul o’zgalarda,
Sevgilim uzoqlarda.

Dardimga yo’qdir poyon,
O’zim o’zimga do’stman hamon.
Holatim tanho Allohga ayon.

Ko’zlarimdan oqqan xazon,
Orzularim bo’ldi hijron,
Nahotki, unutding oson?

Nega mendan ketgansan,
Nega mendan kechgansan?
Ko’zimdan xazon oqadi,
Nega yolg’iz etgansan? (x2)

Ko’zlarim so’nggi bor
Uni ko’rsaydi bir bor,
Bir zum taskin toparmidi,
Bir soniya quvonchlanarmidi.

Yuragim so’rar zor
Uni qaytar deb bir bor.
Lekin qo’limdan kelmas,
Uni qaytarib bo’lmas.

Dardimga yo’qdir poyon,
O’zim o’zimga do’stman hamon.
Holatim tanho Allohga ayon.

Ko’zlarimdan oqqan xazon,
Orzularim bo’ldi hijron,
Nahotki, unutding oson?

Nega mendan ketgansan,
Nega mendan kechgansan?
Ko’zimdan xazon oqadi,
Nega yolg’iz etgansan? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xazon
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 26, 2015