• Ummon guruhi - Xiyonat

    Ummon

    Xiyonat

    Bilaman, bugun ketding mendan so’nggi bor,
    Sezaman sensiz yashash bo’lmaydi oson.
    Yuragim sezdi bugun xiyonatingni,
    Ko’zlarim ko’rdi bugun yolg’onlaringni.

    Inson nimaga sevar va nimalarga erishar?
    Vaholanki va’dalar berayotgan lablar aldar.
    Muhabbatga ishontirishga undar,
    Nima u o’zi muhabbat, baxtmi yoki razolat?

    Qani kim javob berar?
    Agarda sevganingga qilganingda tunda qo’ng’iroq bo’lsa band,
    So’ngra esa xizmat, so’ngra esa minglab xayollar tonggacha qiynab,
    Tun esa o’tadi go’yoki asr, lekin qiladi sabr.

    Yuragim sezib bugun xiyonatingni,
    Ko’zlarim ko’rdi bugun yolg’onlaringni.
    Bilaman, bugun ketding mendan so’nggi bor,
    Sezaman sensiz yashash bo’lmaydi oson.

    Yo’qotgim kelmaydi, afsuski kech,
    Bugun u ketadi qaytmaydi hech.
    Aqlimga sig’maydi,
    Nahotki, sevmaydi endi meni? (x2)

    Otdi tong, minglab azoblar chekib o’tdi tun,
    Badani butun, lek yuragida qon.
    So’ngra esa berkitilgan raqamdan qildi u qo’ng’iroq,
    Qiz esa – “alo” deya javob.

    “Nechun kechasi bilan aloqalar band”,
    Degan savolga qaysi yuz bilan beradi javob?
    Axir xiyonat deganlari shu emasmi?
    Axir hammasi shundan boshlanmasmidi?

    Men tunu-kun o’ylab, ketganingga sabab topolmadim,
    Farq shundaki, faqat men senga o’xshab kecholmadim.

    Yo’qotgim kelmaydi, afsuski kech,
    Bugun u ketadi qaytmaydi hech.
    Aqlimga sig’maydi,
    Nahotki, sevmaydi endi meni? (x2)