Ummon guruhi - Yana yana

Ummon

Yana, yana

Bir vaqtlar, (yey)
Seni sevar edim jondan ortiqroq,
Bilsam sening esa qalbingda men yo’q,
Oramizda yo’q sevgilik, bor so’roq.
Endi kim kimni sevsa sevaversin, endi men jim,
Qayga ketsa ketaversin yo’llaridan,
Izlaridan izlamayman uni man.

Yana, yana, yana, yana, yana,
Yana, yana, yana aylanadi savol,
Yana, yana, yana, yana, yana,
Yana, yana, yana qaytarmikan bir bor? (x2)

Eslayman qo’llarimda gullar,
Oyoqlarim sen tomon shoshar,
O’ng tomonimdagi bekatlar
Menga yana seni eslatar.
Lekin hammasi o’tib ketdi,
Xazonlarga burkanib ketdi,
Boshim uzra ming xil xayollar,
Qani savollarga javoblar?

Mayli qaytmasang qaytma endi,
Yurak sog’inchdan to’yib ketdi,
Suratlaring yirtib tashladim,
Xatlaring esa o’chib ketdi.
Ulardan ayt menga ne foyda,
Eslamasang na oyda, yilda?
Hammasiga qo’yilgan nuqta.

To’kiladi dard, yana, yana, (ou)
Atrofim zulmat yana, yana, yana, yana,
Nega ikkimiz yana, yana,
Birga bo’lmaymiz yana, yana, yana, yana?
Nega sog’inib yana, yana, (ou)
Sani kutaman yana, yana, yana, yana?
Qora ko’zlaring yana, yana,
Tushlarimda yana. (x2)

Yana, yana, yana, yana, yana,
Yana, yana, yana aylanadi savol,
Yana, yana, yana, yana, yana,
Yana, yana, yana qaytarmikan bir bor? (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yana, yana
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 15, 2014