Ummon guruhi – Yangi yil

Ummon

Yangi yil

Yana qoldi oz, keladi yangi yil,
Yana qoldi biroz, kelsin omadli yil.
Hamma-hammaga tilar “Ummon” sog`lik,
Hech kimni hech qachon qiynamasin og`riq.

Shimol bug`ularida 1000ga qo`yib kelar,
Soqollari oppoq bobo – Qorbobo, faqat sovg`alari yo`q.
Yana o`zimizning pullarimizga sotib olamiz sovg`alar,
Yaqinlar, azizlar uchun, xursand bo`lsin deb ular.

Archa-archa, jon archa, yaproqlari ninacha,
Atrofingda aylanib, qo`shiq aytamiz barcha.
Archa-archa, jon archa, yaproqlari ninacha,
Atrofingda aylanib, qo`shiq aytamiz barcha.

Ota-onamizga tilab uzoq umr,
Har yili birga kutaylik yangi yil.
Yangi yil bilan birga kelsin omad,
Shu yili birdan bo`lib ketay badavlat.

Bo`lib ketay badavlat… {x4}

Ey Qorbobo, bormi sovg`alar bizga ham, bobo?
Yo`q? Nega yo`q? Bering bitta dona archam uchun o`yinchoq.
Hamma-hammaning kayfiyati zo`r, dasturxonimiz mo`lu-ko`l,
Hammaga bayram bo`lsin muborak, endi qorboboni chaqirish kerak.

Qorbobo… Qorbobo… Qorbobo… Qorbobo…

Salom-salom bolajonlar, aka-uka, opa-singil, jonajonlar,
Ko`rishganimizdan xursandman, sizlarga sovg`alar olib kelganman.

Archa-archa, jon archa, yaproqlari ninacha,
Atrofingda aylanib, qo`shiq aytamiz barcha.
Archa-archa, jon archa, yaproqlari ninacha,
Atrofingda aylanib, qo`shiq aytamiz barcha. (x2)

Qorbobo… Qorbobo…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yangi yil
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 18, 2016