• Ummon guruhi - Yolg'on

    Ummon

    Yolg’on

    Yolg’on ekan sevdim degan so’zlari, ko’z yoshlari,
    Yolg’ondan bir umrga menga o’zini atadi,
    Yolg’on ekan, yolg’on ekan, yolg’on ekan.

    Vaqtni o’tkazmoq uchun baxtimni qurbon ayladi,
    Ustimdan kulmoq uchun mani taqdirim aldadi.
    Shirin yolg’on, lek begumon,
    Negadir yuragimni etdilar makon, bir umrga qopladi xazon.

    Yolg’on qalbingdagi tuyg’ular, uyqusiz tunlar ham,
    Yolg’on meni o’ylab, qayg’ular ko’zlaringni qilsa nam.
    Yolg’on men haqimda orzular qilingan o’sha dam,
    Yolg’on soxta shirin kulgular taqdim etgan cheksiz g’am. (x2)

    Yomon, yomon, maqsading nega yomon?
    Hamon, hamon aldaging kelar hamon,
    Yolg’on, yolg’on sening bor-yo’g’ing yolg’on. (x2)

    Yuragimni misli og’u qamragandi go’zal tuyg’u,
    Yuragimga sochib yog’du, ulashganding go’zal kulgu.
    Sevaman deb kelgan eding, ketar bo’lsang nega kelding,
    Xayolimda qachonlardir shamol kabi yelgan eding. (x2)

    O’zimni bila olmayman shu on, go’yo hayot men uchun yolg’on, yolg’on,
    Nega muhabbatimni tushunmas sevgilim, bunday yolg’onlardan yonadi dilim.
    Bormi meni tushunadigan bir inson, qani yorim bo’lsa hayotim bir on,
    Osmonlarga yetib bo’ldi ayanchli ohim, faqat meni tushunar yagona Ollohim.

    Yomon, yomon, maqsading nega yomon?
    Hamon, hamon aldaging kelar hamon,
    Yolg’on, yolg’on sening bor-yo’g’ing yolg’on. (x2+x2)