Ummon guruhi - Yuragim to'xtab borar

Ummon

Yuragim to’xtab borar

Sen men bilan,
Lekin bir kun yuqotaman,
Sen bilmaysan –
Bir kun meni yuqotasan.

Kel bag’rimga,
Yashagim kelar yana, yana,
Sen sezmayapsan,
Umrim tugamoqda bag’ringda.

Yuragim to’xtab borar,
Umrim oxirlab borar,
Tanimda jonim ketib,
Jonimda armon qolar. (x2)

Kechir, bugun qong’iroqlaring bejavob qoldi,
Tabibda edim, umrim ham oz qoldi.
Senga aytgim keladi nega bejavob xatlaring,
Umrim o’tib bormiqda, nahot sezmas yuraging?

Nega xafasan, nega tushunmaysan?
Axir aytolmayman umrim oz qoldi deb.
Sen esa arazlab,
Mayda qadam tashlab ketmoqdasan,
Bir umr meni tashlab.

Har gal xafa bolsang,
O’zimni ovutardim,
Endi kechir meni ortiq ovutolmasman,
Har xil xatlar yozib, sani erkalolmasman.

Kechirgin, dardim bor, dardimdan qocholmasman,
Yashagim kelar yana oz bo’lsa ham.
Kechir, jonim mani, endi mani kormaysan,
Sen esa arazlab mayda qadam tashlab,
Ketmoqdasan bir umrga meni tashlab.

Uyg’onganingda tongda
Yuraging bo’lar mahsun,
Avval tushunmaysan nega
Tushingga kirdim men bugun.

Ko’p o’ylab boringda
So’ngra qong’iroq qilib,
Lek javob ololmaysan,
Axir o’laman jon berib.

Yuragim to’xtab borar,
Umrim oxirlab borar,
Tanimda jonim ketib,
Jonimda armon qolar. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yuragim to’xtab borar
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2014