• UzBoom - Usiz

    UzBoom

    Usiz

    Uni birinchi marta ko`rganimda bildim,
    Bildim – o`rtamizda do`stlik yo`q.
    O`rtamizda faqat tun bor, tong yo`q,
    Oramizda masofa qolmadi, “вот и всё”.

    Lablar lablarga tegdi, “Happy end” buyog`i,
    Endi bildim xonamdagi yotoqda kim edi.
    U go`zal, ketvorgan qomat, lablari asal,
    Bugungi kun uchun rahmat, dam oldim sal.

    Yana ozgina dam olmasam “точно” o`laman,
    Chunki ikki-uch soatlab, to`lqinlarni to`grilab,
    Unga birinchi o`rinda, o`shanda yulduzlarni ko`rsatdim,
    O`zim ham uni ko`rib, ko`rganlarimni unutdim.

    Bilmadim, nega bunchalar yaqinlik bo`ldi?
    Bilmadim nega u mani tanlagan edi?
    Qo`limda sok-ananas, gap edi puldamas,
    Gap bitta: “Sizdan o`g`il bo`lsa bas!”

    Sevgi bu, taqdir shu, to`rt yildan keyin uchrashuv,
    O`zgarmagan ashula, o`zgarmagan qarashlar.
    Lekin o`zgarib ketdi turmush tarzimiz,
    Bizlar hali ham sevgidan umidvormiz, qara.

    Yuzimdagi tabassum, dilimdagi ashula,
    G`am chekkan ko`zlarimning rangi o`zgarib bo`ldi, mana.
    Jonginam, nega adashganding o`sha kunlar?
    Mani sevgimning qiymati teng bo`ldi kimlarga?

    Mani aldama hayoting yaxshi emas,
    Mani aldama, o`zingni ham qiynama.
    Balki dilingda bor saqlagan so`zlaring,
    Balki qalb beozor, so`zlab berar ko`zlaring.

    Hayot to`xtab qolmaydi, lekin sevgi bir keladi,
    Qolgan keganlari o`shani eslatib turadi.
    Ba’zi-ba’zida tan olasan taqdirning hazilin,
    Tadir nima o`zi? Taqdir bu – sevgi!