VIA Marokand - Alfa-beta

VIA Marokand

Alfa-beta

(Parallelepiped-ped-ped-ped…{x2})

Aylantirma gap,
Ortiqcha gaplarning vaqtincha qizig`i yo`q.
Siz tergan raqam bu kompaniyada umuman yo`q.
Bu muhabbatning endi boshqacha ta’rifi yo`q,
Yo`q, yo`q deyaverasan-u,
Lekin nega yozasan javob?

O`zicha “macho”, qo`lida “Vertu”,
Rasmda juda istarali.
Sochlari ulama, kiprigi sun’iy,
Namuncha buncha dabdabali?

Rasmdagi menmas, u dugonam,
Dugonam emas, bir begona.
Qaysi biri rost, qaysi biri yolg`on,
Chalkash masalali.

Alfa-alfa, beta-beta,
Aylanali, chizmali.
Siz u burchakda, men bu burchakda,
Parallelmiz shunchalik. (x2)

(Parallelepiped {x2})

Bitta savolga javob ololmadim ishonarli,
Ayiruvmi, qo`shuvmi maqsad, maqsad?
Kasr chizig`ining tepasidasiz,
Ostida kim?

Ma’lum, noma’lum, noma’lum hamma sirlarni,
Hammasini chetga surib,
O`zimiz, o`zimiz, o`zimiz uchun
Bir-birimizni sevib, rostdan sevib.

To`g`ri keladimi yo`qmi endi yulduzlarimiz,
Kimga foydayu-zarar berdi bizning sevgimiz?
Urishib-yarashib, yig`lab-ko`rishib,
Ashula aytib yuraveramiz.

Alfa-alfa, beta-beta,
Aylanali, chizmali.
Siz u burchakda, men bu burchakda,
Parallelmiz shunchalik. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Alfa-beta
Xonanda:
VIA Marokand
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 25, 2016